O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanovga bugun Qozon shahridagi maktabda sodir bo`lgan va begunoh odamlarning halok bo`lishiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan hamdardlik yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qildi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oilalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezda sog`ayib ketishini tiladi.
Eslatib o`tamiz, ushbu fojia sabab O`zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga ham hamdardlik bildirgan.






