Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo`yicha mas`ullar prezidentdan 466 milliard so`mlik muammoli qarzdorliklarni undirish topshirig`ini olishdi.
Muammoli qarzdorliklarning hududiy taqsimoti:
Andijon – 68 milliard so`m,
Namangan – 67 milliard so`m,
Sirdaryo – 48 milliard so`m,
Samarqand – 44 milliard so`m,
Farg`ona – 41 milliard so`m,
Qashqadaryo – 39 milliard so`m,
Surxondaryo – 35 milliard so`m,
Jizzax – 27 milliard so`m,
Navoiy – 24 milliard so`m,
Toshkent viloyati – 19 milliard so`m,
Xorazm – 16 milliard so`m,
Qoraqalpog`iston – 14 milliard so`m,
Buxoro – 13 milliard so`m va Toshkent shahri – 10 milliard so`m.
Shuningdek, yig`ilishda keltirilishicha, o`tgan 3 yilda hududiy dasturlar doirasida 16 trillion so`mlik kredit hisobiga amalga oshirilgan 4,2 mingta loyihaning 50 foizi, joriy yildagi 11,5 trillion so`mlik 2,6 mingta loyiha bo`yicha esa 80 foiz pul tushumlari bankdan tashqari aylanmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida – 477 ta, Surxondaryo viloyatida – 463 ta, Qoraqolpog`istonda – 424 ta, Xorazm viloyatida – 415 ta, Namanganda – 414 ta Andijonda – 370 ta, Farg`onada – 356 ta.
Sardorbek RAHMONQULOV, “Darakchi” muxbiri






