AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" deb topildi

'Toshkentdagi maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" deb topildi'ning rasmi

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 19-sonli umumta`lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi Fayzullo Yaxyoev Qozog`icton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021" Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida Filologiya yo`nalishida birinchi o`ringa loyiq ko`rilib, oltin medal bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.

Fayzullo Yaxyoev maktabda o`quvchilarga saboq berish bilan bir qatorda O`zMU 2-bosqich magistranti.

O`zMU adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari doktori, professor, Hamidulla Boltaboev ilmiy rahbarligida "XX asrning ikkinchi yarmi o`zbek navoiyshunosligi masalalari (To`xtasin Jalolov ilmiy merosi misolida) mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Hozirga qadar 100 dan oshiq ilmiy-publisistik maqolalari, tezislari xalqaro, respublika miqyosidagi nashrlarda e`lon qilingan, to`plamlarga kiritilgan. Respublika Yosh olimlar kengashi a`zosi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar