AsosiySiyosat

O`zbekiston va Afg`oniston munosabatlari Rossiyada e`tirof etildi

'O`zbekiston va Afg`oniston munosabatlari Rossiyada e`tirof etildi'ning rasmi

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta»  nashrida xalqaro jurnalist Yuriy Sigovning «Toshkentning afg`on xaritasi» sarlavhali tahliliy maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Materialda O`zbekiston janubdagi qo`shnisining tinch hayotga erishishida etakchi rol o`ynash niyatida ekani alohida ta`kidlangan.

«Afg`oniston kun tartibidagi masalalar echimi nafaqat etakchi davlatlar, balki ushbu mamlakat bilan bevosita chegaradosh davlatlar, ayniqsa, O`zbekistonga ham bog`liq», - deb yozadi muallif.

Maqolada joriy yil yoz faslida Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy  o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo`lib o`tishi ta`kidlangan. «Afg`oniston butun mintaqa xavfsizligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega», - deb qayd etgan nashr.

«O`zbekiston Markaziy Osiyoning Afg`onistonda milliy manfaatlarini ilgari surish bo`yicha davlat darajasida strategiya qabul qilgan yagona respublikasidir»,- deb yozadi Yuriy Sigov.

    Boshqa yangiliklar