1

Sukerberg imperiyasi Telegram`ga zarba bermoqda

Hi-tech 04.03.2016, 13:39
Sukerberg imperiyasi Telegram`ga zarba bermoqda

“Vkontakte” asoschisi Pavel Durov jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan Telegram messenjeri  Facebook rahbarlaridan biriga yoqmay qolganga o`xshaydi, deb yozadi “Vesti”. 

Biroz avval Facebook asoschisiga tegishli WhatsApp messenjeri Telegram`ga havolalarni blokirovka qilib qo`ydi, keyinroq esa Instagram ijtimoiy tarmog`i xuddi shunday yo`l tuta boshladi.

Instagram profili sozlash stolida “veb-sayt” degan bo`limi borligini ko`pchilik biladi. Aynan mana shu erga foydalanuvchilar o`z havolasini qo`yishlari mumkin. Ma`lum bo`lishicha, Telegram domeni havolalari mazkur ijtimoiy tarmoqda ochilmayapti. “Veb-sayt” bo`limiga Telegram messenjeri bilan bog`liq havola qo`yilmoqchi bo`lsa, “Siz joylashtirmoqchi bo`lgan yuklamani Instagram qo`llab-quvvatlamaydi” degan yozuv chiqdi.

Mazkur joyga Twitter, Facebook, LinkedIn kabi ijtimoiy tarmoqlar domenlari kiritilganda bunday muammo kuzatilmayapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1