Kecha, 15 may oqshomida, Chirchiq shahrida bo`lib o`tayotgan «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!» festivalida mashhur yulduz MS Doni kelishi va`da qilingan edi. Biroq, va`da bajarilmadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabarida aytilmoqda.
"MS Donining Toshkentdagi ma`muri bergan va`dasini bajarmagani sababli tashkilotchilar nomidan muxlislardan uzr so`raymiz.
MS Donining shaxsan o`zi yuborgan ovozli xabarda aytilishicha, u Toshkentga kelish uchun koronavirus testi ma`lumotnomasi olishga ulgurmagan", - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Chirchiqda bo`lib o`tayotgan «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!» festivali 16 may kuni ham davom etadi.






