Haftada davlat rahbarining muhim tadbirlari ko`p. Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi, deb xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Xususan, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot, shuningdek, sog`liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor hamda ko`p kvartirali uy-joylarga xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo`yicha yig`ilish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari Jahon banki prezidentining Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha o`rinbosari Anna Berdeni qabul qiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi.
Ushbu brifing o`tkazilayotgan ayni daqiqalarda Prezidentimiz Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qilmoqda.






