Joriy yilning 17 may kuni poytaxtdagi "WYNDHAM Tashkent" mehmonxonasida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan "O`zbekiston Respublikasining transport infratuzilmasi,islohotlar natijalari va rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari" mavzusida OAV bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Avtomobil yo`llari qo`mitasi, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports”AJ rahbarlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda mamlakatimiz transport tizimi va infratuzilmasi bilan bog`liq bo`lgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar tomonidan berilgan savollarga soha mutasaddilari batafsil javob berishdi.
Xususan, so`nggi vaqtlarda turli internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidan o`tgan A-380 “G`uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo`lining “Qo`ng`irot – Karakalpakiya posyolkasi” oralig`idagi qismining qachon ta`mirlanishi, Rossiya Federasiyasiga tashkil etilayotgan charter qatnovlari chipta narxlarining nima sababdan qimmatligi, qachondan boshlab muntazam avia qatnovlarning soni ko`paytirilishi, poezdlar harakatining qayta tiklanishi, Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan mahalliy va xalqaro yo`nalishlarda chipta narxlari arozonlashuvi, Toshkent metropoliteni vagonlarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish choralari borasida berilgan savollarga aniq javob berildi.
Ushbu sohadagi asosiy ko`rsatkichlar dinamikasiga nazar tashlaydigan bo`lsak, 2020 yil yakunida jami yuk tashuvlari hajmi 1 316,0 mln. tonna (2017 yilga nisbatan 121,7 foiz),yuk aylanmasi 40,2 mlrd. tonna/km. ni (109,5 foiz) tashkil etdi.
Shu jumladan:
Avtomobil transportida yuk tashuvlari – 1 245,6 mln. tonna (122,9 foiz),yuk aylanmasi – 16,1 mlrd.tonna/km (118,3 foiz);
Temir yo`l transportida yuk tashuvlari – 70,4 mln. tonna (103,6 foiz), yuk aylanmasi – 24,0 mlrd. tonna/km (104,6 foiz);
Havo transportida yuk tashuvlari – 5,1 ming. tonna (19,3 foiz),
yuk aylanmasi – 219,1 mln.tonna/km (139,6 foiz).
Shuningdek, avtomobil transporti, temir yo`llari, havo yo`llari va elektrotransportda yo`lovchi tashish xajmi 2019 yil yakunida 6,03 mlrd. yo`lovchi (2017 yilga nisbatan 106,1 foiz), 2020 yil yakunida esa 5,24 mlrd. yo`lovchi (2017 yilga nisbatan 92,3 foiz) tashkil etdi.
Shu jumladan:
Avtomobil transportida yo`lovchi tashuvlari – 2019 yilda 5 915,2 mln. yo`lovchi (105,8 foiz), 2020 yilda 5 192,9 mln. yo`lovchi (92,9 foiz);
Temir yo`l transportida yo`lovchi tashuvlari – 2019 yilda 22,9 mln. yo`lovchi (108,7 foiz), 2020 yilda 6,2 mln. yo`lovchi (29,4 foiz);
Metropoletinda yo`lovchi tashuvlari – 2019 yilda 79,2 mln. yo`lovchi (128,6 foiz), 2020 yilda 38,8 mln. yo`lovchi (63,0 foiz);
Havo transportida yo`lovchi tashuvlari – 2019 yilda 3,24 mln. yo`lovchi (147,5 foiz), 2020 yilda 0,9 mln. yo`lovchi (40,9 foiz);
Tramvay va troleybuslarda yo`lovchi tashuvlari – 2019 yilda
4,53 mln. yo`lovchi (159,8 foiz), 2020 yilda 1,60 mln. yo`lovchi (56,4 foiz).
So`nggi yillarda O`zbekistonning eksport-import va tranzit yuklarini (xalqaro yuklar) avtomobil transporti orqali tashish dinamikasida o`sish kuzatilmoqda.
2017 yil davomida xalqaro yuk tashuvlari jami 32,2 mln. tonna xalqaro yuk tashilgan bo`lsa, 2020 yilga kelib ushbu ko`rsatkich 47,1 mln. tonnani tashkil etdi, shu jumladan, 2020 yilda xalqaro yuk tashuvlari hajmi 2017 yilga nisbatan 167 foizga o`sgan. Shundan eksport yuklar 4 yil ichida 183 foizga, import yuklar 197 foizga va tranzit yuklar 108 foizga o`sgan.
Avtomobil transporti sohasida
Aholiga transport xizmati ko`rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo`lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2017-2020 yillar davomida 394 ta yangi mahalliy avtobus yo`nalishlari ochildi.
Bugungi kunda, olib borilayotgan islohotlar natijasida axoliga va sayohlarga qulaylik yaratish maqsadida, qo`shni Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston Respublikalari va Rossiya Federasiyasiga jami 32 ta muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi.
Xalqaro qatnovlar geografiyasini kengaytirish maqsadida kelgusida yana 7 ta muntazam xalqaro avtobus yo`nalishlarini ochish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu davr mobaynidajami 70 ta (2017 yilda 19 ta, 2018 yilda 25 ta, 2019 yilda 17 ta, 2020 yilda 9 ta) avtovokzal va avtostansiyalarda qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
2019 yilda xalqaro va mahalliy yo`nalishlarda sutkasiga 5 ming nafar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish quvvatiga ega “Toshkent avtovokzali”ni jahon talablariga muvofiq rekonstruksiya ishlari to`liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur yillar davomida, tasdiqlangan dasturga muvofiq jami 2 050 ta yangi avtobuslar harid qilinib (2017 yilda 494 ta, 2018 yilda 406 ta, 2019 yilda 889 ta va 2020 yilda 261 ta) yo`nalishlarga joylashtirildi.
2019 yilda Transport vazirligi huzurida “Uzavtotrans servis” korxonasi tashkil etilib, 167 ta Yutong rusumli katta hajmli avtobuslar xarid qilinib, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlarda harakatlanmoqda.
Yo`lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, 2020 yil 1 yanvardan Toshkent shahri jamoat transportida (avtobus va metropoliten) avtomatlashtirilgan elektron to`lov tizimi joriy etildi.
Temir yo`l transporti sohasida
2019 yilda Namangan” va “Angren” temir yo`l vokzali va “Surxonobod” stansiyasi yangidan qurildi, “Termiz” temir yo`l vokzali to`liq rekonstruksiya qilindi va foydalanishga topshirildi, bundan tashqari “Xonobod” vokzalida qayta qurish va ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
“Pop-Namangan-Andijon” temir yo`l uchastkasining 45 km elektrlashtirildi hamda 232 km temir yo`l liniyasi reabilitasiya qilindi.
680 ta yuk, 46 ta yo`lovchi vagonlari qurilib ekspluatasiyaga topshirildi, shuningdek, 2 309 ta vagonlar modernizasiya qilindi.
Toshkent metropolitenini rivojlantirish maqsadida, 3 ta yirik loyihalar doirasida:
“Yunusobod” yo`nalishining II bosqichi bo`yicha uzungili 2,9 kilometr bo`lgan “Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlari foydalanishga topshirildi;
“Er usti halqa yo`li”ni qurish loyihasi (54,8 km) I bosqichi bo`yicha uzunligi 11,5 kilometr bo`lgan “Do`stlik – Qo`yliq” uchastkasi bunyod etilib, jami 7 ta bekat foydalanishga topshirildi. Yana bir ahamiyatli tomoni ushbu yo`nalishda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy va yuqori sifatli, yo`lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo`lgan 4 vagondan iborat 5 ta yangi poezdlar xarid qilinib foydalanishga topshirildi. Ayni paytda ushbu yo`nalishdan kun davomida 15 mingdan ortiq yo`lovchi foydalanmoqda.
Shuningdek, 2020 yil oxirida esa 5 ta bekatdan iborat Sergeli liniyasi ham qurib bitkazildi va bugungi kunda ushbu yo`nalishdan har kuni 20-25 ming yo`lovchi o`z manzillariga etib borishlari uchun katta qulaylik va imkoniyat yaratildi.
“Angren-Pop” temir yo`l uchastkasining ochilishi munosabati bilan Toshkent-Andijon, Andijon-Moskva, Andijon-Xiva, Andijon-Buxoro, Andijon-Termiz yangi yo`nalishlarida yo`lovchi poezdlarning harakatlanishi yo`lga qo`yildi.
“Buxoro – Xiva” mahalliy yo`nalishi hamda “Toshkent – Qozon”, “Toshkent – Moskva”, “Andijon – Ufa” va “Termiz – Moskva” yangi xalqaro yo`nalishlarda poezdlarning muntazam qatnovi yo`lga qo`yildi.
Turistik oqimlarni boshqa yo`lovchi poezdlarga ham taqsimlash maqsadida, “Sharq” va “Nasaf” tezyurar poezdlari vagonlari yangilandi.
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Namangan shahrida bir vaqtning o`zida 250 nafar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatuvchi “Namangan” temir yo`l vokzali ishga tushirildi, bundan tashqari “Xonobod” vokzalida qayta qurish va ta`mirlash ishlari ham yakunlandi.
Sohada harakat tarkiblarini yangilash, yo`lovchi va yuk tashish yo`nalishlarini rivojlantirish maqsadida 6 ta lokomotivlar tiklandi, 327 ta yuk vagonlari va 11 ta yangi yo`lovchi vagonlar ishlab chiqarildi. 53 km temir yo`l liniyalari rekonstruksiya qilindi “Andijon – Savay – Xonobod temir yo`l uchastkasini modernizasiya qilish” loyihasi yakunlandi.
Shu bilan birga, temir yo`l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, 2017-2020 yillarda quyidagi yirik qurilishlar amalga oshirildi:
2017-2018 yillarda Buxoro-Misken uchastkasi – 380 km;
2017-2018 yillarda Urgench-Xiva uchastkasi – 33 km;
2019 yilda Savay-Xonabod uchastkasi – 11 km.
2020 yilda Andijan-Savay-Xonobod uchastkasini modernizasiya qilindi hamda shaharlararo poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi (65 km).
2017-2020 yillar davomida jami 706,32 km temir yo`llarida (2017-yilda 91,78 km, 2018-yilda 189,85 km, 2019-yilda 232,79 km 2020-yilda 191,9 km) tubdan ta`mirlash (reablitasiya) ishlari amalga oshirildi.
Yo`lovchi tashuvlarini rivojlantirish maqsadida Buxoro-Misken yangi temir yo`l uchastkasi ochilshi munosabati bilanToshkent-Qo`ng`irot, Toshkent-Shovot, Toshkent-Xiva,Andijon-Xiva poezdlar harakat vaqti va yo`lovchilar o`z manziliga etib borishi 2 soatdan 4 soatgacha qiskardi.
Buxoro-Xiva tez yurar yo`lovchi poezdi yo`lga qo`yilishinatijasida esa mahaliy aholi va xorijiy mexmonlarning Xiva shahriga etib borishi uchun qo`shimchaqulaylik yaratildi;
Xiva shahrida yo`lovchi poezdlar uchun yangi vokzal kurilib, ishga tushirildi;
Qarshi-Qumqo`rg`on-Termiz temir yo`l uchastkasi elektrlashtirilganlishi natijasida Toshkent-Termez, Toshkent-Sariosiyo, Andijon-Termiz, Termiz-Moskva yo`lovchi poezdlari harakat vaqti 1.5 soatgacha qisqardi;
Qarshi-Kitob temir yul uchastkasi elektrlashtirilganligi sababli Toshkent-Kitob yo`nalishida Afrosiyob yuqori tez yurar poezdining harakati yo`lga qo`yildi;
Qo`qon-Namangan temir yul uchastkasi elektrlashtirilishi va qayta ta`mirlanishi sababli esa Qo`qon-Namangan elektropoezdi harakati yo`lga qo`yildi;
Bekobod va Xovost shaxri aholisiga qulaylik yaratilib Toshkent-Bekobod tez yurar elektropoezdi yo`lga ko`yildi.
Aviasiya sohasida
2019 yildaAviasiya tizimini isloh qilish doirasida “O`zbekiston havo yo`llari” MAK negizida “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksionerlik jamiyatlari tashkil etilib, ularning Ustavlari tasdiqlandi. Respublikamizdagi 11 ta xalqaro aeroport baholanib, mas`uliyati cheklangan jamiyatlariga aylantirildi.
2019 yilda soatiga 400 yo`lovchi o`tkazish quvvatiga ega Termiz aeroportining yangi terminali foydalanishga topshirildi.
2017-2020 yillarda Uzbekistan Airways tomonidan 3 ta yangi “Boing-787” va 2 ta yangi “A-320 NEO” havo kemalari xarid qilinib, aviakompaniyaning zamonaviy havo kemalari soni 29 taga etdi.
Parvozlar geografiyasi va tashuvlar sonini oshirish maqsadida:
2019 yilda haftasiga ikki martadan yangi “Toshkent-Jakarta-Toshkent” va “Toshkent-Tbilisi-Toshkent” yo`nalishlari ochilishiga erishildi;
“Toshkent-Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha Turkiyaga qatnovlar miqdori haftasiga 17 taga etkazildi;
Jidda shahriga reyslar sonini haftasiga 7 tadan 14 tagacha oshirildi;
Halqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda yo`lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida 2019 yilda:
“Air India” (Hindiston) va “Malindo Air” (Malayziya) aviakompaniyalari bilan yangi interlayn shartnomalari imzolandi;
“Alitalia” (Italiya) aviakompaniyasi bilan amaldagi kod-sher shartnomasi qayta ko`rib chiqildi va yangi yo`nalishlar qo`shildi;
Afg`oniston hukumati bilan havo qatnovlari to`g`risidagi bitimning yakuniy matni kelishib olindi;
Gresiya va Qatar hukumatlari bilan havo qatnovlari to`g`risidagi bitimlarni o`rnatilgan tartibda dastlabki kelishish ishlari amalga oshirildi.
Xizmatlarni raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida:
aviachiptalarni bronlash va sotib olish operasiyalarini aviakompaniyaning korporativ veb-sayti hamda “Uzbekistan airways” mobil ilovasi orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi;
“online” rejimida amalga oshiriladigan qo`shimcha xizmatlar, jumladan, joyni tanlash, “wi-fi” tarmog`iga ulanish, mukofot bagaji kabi xizmatlar ishga tushirildi;
Yo`l xo`jaligi sohasida
2019 yil davomida respublika avtomobil yo`llarini qurish, qayta qurish, ta`mirlash, saqlash va jihozlash ishlari bo`yicha 5 021,2 mlrd. so`m (rejaga nisbatan 104,2 %) miqdorida ishlar bajarilib, 10 211,5 km avtomobil yo`llarida qurilish va ta`mirlash ishlari (101,2 %) amalga oshirildi.
2020 yil davomida jami 4 57 trln.so`m (rejaga nisbatan –
104,1 foiz) miqdorida avtomobil yo`llarini qayta qurish, ta`mirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6178,8 km avtomobil yo`llari (rejaga nisbatan – 100,6 foiz) qayta qurildi vata`mirlandi.