AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki nafar haydovchi janjallashdi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

'Toshkentda ikki nafar haydovchi janjallashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida 2 nafar haydovchi o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 11.00 larda  Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi 1981 yilda tug‘ilgan,  B.X hamda Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi 1996 yilda tug‘ilgan  Sh.O lar yo‘l talashish oqibatida o‘zaro tortishib qolgan. Shundan so‘ng B.X yo‘lning qatnov qismida avtomashinasini to‘xtatib,  qo‘lidagi jism bilan Cobalt avtomashinasini chap tomon eshik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X ga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar