AsosiyJamiyat

Safarbarlik chaqiruv rezervida “bir oylik armiya” uchun to‘langan pul qay holatda qaytarib beriladi? Mudofaa vazirligi javob berdi

'Safarbarlik chaqiruv rezervida “bir oylik armiya” uchun to‘langan pul qay holatda qaytarib beriladi?  Mudofaa vazirligi javob berdi'ning rasmi

AOKAda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti boshlig`i polkovnik Bahrom Zulfiqorov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda Mudofaa vazirligi faoliyatiga oid fuqarolardan kelgan dolzarb savollarga javob qaytarildi. Savollardan biri safarbarlik chaqiruv rezervida “bir oylik armiya” uchun pul to`langanidan keyin qancha vaqt davomida xizmatga borish majburiy hisoblanadi? Pul to`lab qo`yilganidan keyin yoshi 27 dan oshib ketsa ham SChRga borish kerakmi yoki to`langan pul qaytariladimi?

Polkovnik Bahrom Zulfiqorovning ma`lum qilishicha, umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida fuqarolar SChR xizmatini 18 yoshdan 27 yoshga qadar o`tashlari belgilab qo`yilgan. Shunga muvofiq,  SChR pul badalini to`liq to`lagan fuqarolar 27 yoshga to`lgunga qadar oylik harbiy yig`inga jalb etiladi.

Shuningdek, mazkur qonunning 6-moddasiga muvofiq, SChR pul badalini to`lab oylik harbiy yig`inga jalb etilmagan fuqarolar 27 yoshga to`lishi bilan SChR xizmatchilari hisobidan chiqariladi va Qurolli Kuchlar zahirasiga o`tkaziladi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018 yildagi 267-sonli qaroriga muvofiq, pul badallarini to`lagan, biroq harbiy yig`inlardan o`tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to`langan mablag`lar, agar u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda yoki vafot etgan taqdirda to`langan pul badallari belgilangan tartibda qaytarib beriladi. Boshqa holatlarda Maxsus hisob raqamga o`tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.

Boshqa yangiliklar