«Barselona» La Ligada chempionlik imkoniyatlarini yo`qotib bo`lgach, klub rahbariyati jamoa ustozi Ronald Kumanning keyingi taqdiri masalasida aniq qarorga keldi, deya yozadi Diario Sport.
Manbaning yozishicha, klub mavsum yakunida Ronald Kumanni iste`foga chiqaradi. Klub rahbariyati ungacha jamoani boshqarish uchun munosib nomzod topa olmasa, niderlandiyalik mutaxassis klubda qolishi ham mumkin.
Qayd etilishicha, so`nggi o`yinlardagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, «Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa ichidagi vaziyatni yomonlashtirmaslik uchun ham Kumanni mavsum yakuniga qadar iste`foga chiqarmaydi.
Eslatib o`tamiz, «Barselona» joriy mavsum Ispaniya kubogida zafar quchgan bo`lsa-da, EChLni 1/8 final bosqichida tark etib, La Ligada ham chempionlik poygasidan chiqdi.






