AsosiySiyosat

"Mablag‘ ajratilyapti, lekin to‘g‘ri yo‘naltirilmayapti". Prezident bepul tibbiy xizmat to‘g‘risida gapirdi

'"Mablag‘ ajratilyapti, lekin to‘g‘ri yo‘naltirilmayapti". Prezident bepul tibbiy xizmat to‘g‘risida gapirdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev tibbiyot sohasidagi islohotlarning Sog`liqni saqlash vazirligi, uning viloyat, tuman va shahar quyi bug`inlari hamda mahalliy ijro idoralari tomonidan qay darajada amalga oshirilayotgani muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida bepul tibbiy xizmatlar paketini amaliyotga kiritish bo`yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri xabar bermoqda.

Videoselektor yig`ilishida Prezident: «Bepul tibbiyot yo`q deyapti odamlar. Hammayoqda korrupsiya deyapti odamlar. Respublikadan mablag` ajratilyapti, lekin uning qadriga etib to`g`ri yo`naltirilmayapti», — deya ta`kidlagan.

Shu yil 1 iyuldan boshlab surunkali kasalliklarni birlamchi bo`g`inda davolash bo`yicha yangi tizim joriy etiladi.

Birinchi bosqichda Sirdaryo viloyatida oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar orqali, erta o`limning asosiy sababi bo`lgan yurak va qon-tomir kasalliklarini davolash uchun aholi dori vositalari bilan bepul ta`minlanadi.

 Davlat rahbari Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari A.Inoyatovga bir oy muddatda birlamchi bo`g`inda davolash bepul tibbiy xizmatlar paketini amaliyotga kiritish topshirig`ini berdi.

    Boshqa yangiliklar