1

O`zbekistonda ishlab chiqilgan ilova Jahon mobil kongressida yilning eng yaxshi mobil ilovalari ro`yxatiga kiritildi

Hi-tech 05.03.2016, 12:52
O`zbekistonda ishlab chiqilgan ilova Jahon mobil kongressida yilning eng yaxshi mobil ilovalari ro`yxatiga kiritildi

Ispaniyaning Barselona shahrida Jahon mobil aloqa kongressi doirasida o`tkazilgan “Global Mobile Challenge” tanlovi finalida O`zbekiston jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan «Stolik» mobil ilovasi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi va joriy yilning eng yaxshi mobil ilovalari ro`yxatiga kiritildi. 

Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida shu haqda so`z yuritildi. Unda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari, mobil operatorlar, mobil ilova yaratuvchilar va jurnalistlar ishtirok etdi. 

Tadbirda yangi innovasion g`oyalarsiz axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va keng joriy etib bo`lmasligi ta`kidlandi. Ko`pincha yangi tashkil etilgan kompaniyalar innovasion g`oyalarga mualliflik qiladi. Mavjud mahsulotlardan muvaffaqiyatli foydalanadigan yirik korporasiyalar yangi innovasion g`oya va mahsulotlar yaratish bilan deyarli shug`ullanmaydi. Yangi tashkil etilgan korxonalar – «start-ap»lar faoliyati aynan innovasion g`oya va mahsulotlar ishlab chiqishga qaratiladi.

Matbuot anjumanida jamiyat hayotining turli sohalariga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish istiqbollari, yosh dasturchilar va mobil ilova yaratuvchilarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi innovasion loyihalarni aniqlashga qaratilgan turli tanlovlar o`tkazishga doir masalalar muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1