AsosiyJamiyat

“O`zbekiston jamoalari “ArMI-2021” xalqaro o`yinlarida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko`rmoqda

'“O`zbekiston jamoalari “ArMI-2021”  xalqaro o`yinlarida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko`rmoqda'ning rasmi

“ArMI”  xalqaro o`yinlarida  bu yil   O`zbekiston 24   ta yo`nalishdagi  musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.  Ularning 2 tasi “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” musobaqalari – yurtimizda  (Jizzax viloyatidagi “Forish” tog` dala o`quv maydonida) bo`lib o`tadi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.  

2020 yilda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 16 ta yo`nalishdagi musobaqalarda ishtirok etib, 14 ta sovrinli o`rinlarni egallagan edi va yakunda 32 ta davlat o`rtasida faxrli 3-o`ringa sazovor bo`ldi.  Jamoa a`zolari umumiy hisobda  9 rekordni  qayd etishdi. Musobaqalarda  3 ta  

1-o`rin (“Sodiq do`st”, “Yo`l patruli”, “Harbiy-tibbiy estafeta” ), 8 ta 2-o`rin (“Xavfsiz marshrut”, “Elbruss xalqasi”, “Otliq marafon”, “Qurolsoz usta”, “Qo`shinlar razvedka a`lochisi”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Merganlar marrasi”, “Harbiy ralli”),  3 ta 3-o`rin (“Dala oshxonasi”, “Xavfsiz muhit”, “Avtozirxli texnika ustasi”) qo`lga kiritildi

2021 yilda esa ilk marotaba yana 8 ta  musobaqa :

  • “Ishonchli qabul”;
  • “Desantchi vzvodi”;  
  • “Armiya madaniyati”;  
  • “Qutb yulduzi”;
  • “Muxandis formulasi”;
  • “Armiya taktik o`qchisi”;
  • “Professional mergan”;
  • “Sayan yurishi” da   Mudofaa  vazirligi o`z jamoalari bilan  qatnashishi ko`zda tutilmoqda.  

Eslatib o`tamiz, 14-16 aprel kunlari Rossiya Federasiyasining  “Ergakiy” tog` markazida 7 ta davlat – Rossiya Federasiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O`zbekiston Respublikasi, Abxaziya Respublikasi, Janubiy Osetiya Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi jamoalari ishtirokida bo`lib o`tgan “ArMI”   o`yinlarining “Sayan yurishi” musobaqasida Mudofaa jamoalari faxrli III-o`ringa sazovor bo`lib qaytdi.

 Dilbar ABDUNABIEVA

Boshqa yangiliklar