«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero mavsum yakunida jamoani tark etib, La Ligada faoliyat boshlaydi.
Mundo Deportivo’ning yozishicha argentinalik hujumchi Chempionlar ligasi finalidan keyin erkin agent sifatida Kataloniya jamoasi safiga qo`shiladi. Aguero «Barselona» rahbariyati bilan ikki yillik bitim borasida kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, futbolchi va klub tomon shartnomani Amerika kubogi startidan avval rasmiylashtirmoqchi. Serxioning taqdimot marosimi esa ushbu turnirdan keyinga rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, Aguero Kataloniya jamoasiga o`tish uchun maoshi kamayishiga rozi bo`lgani haqida xabar berilgan edi.
Ma`lumot uchun, 32 yoshli forvard APL joriy mavsumida 11 o`yinda 2ta golga mualliflik qilgan.






