Ronaldu, Fernandesh, Felish va boshqalar — Portugaliya milliy jamoasining Evro-2020 uchun qaydnomasi ma`lum qilindi.
Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Evro-2020 uchun qaydnomani e`lon qildi.
Darvozabonlar: Antoni Lopesh («Lion»), Ruy Patrisiu («Vulverhempton»), Ruy Tiagu Silva («Granada»).
Himoyachilar: Joau Kanselu, Ruben Diash (ikkalasi – «Manchester Siti»), Nelson Semedu («Vulverhempton»), Pepe («Portu»), Joze Fonte («Lill»), Rafael Gerreyru («Borussiya» Dortmund), Nunu Mendesh («Sporting»).
Yarimhimoyachilar: Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Danilu Pereyra («PSJ»), Pedru Gonsalvesh, Joau Palinya (ikkalasi – «Sporting»), Ruben Nevesh, Joau Moutinyu (ikkalasi – «Vulverhempton»), Renatu Sanshesh («Lill»), Serjiu Oliveyra («Portu»), Vilyam Karvalyu («Betis»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Diogu Jota («Liverpul»), Rafa Silva («Benfika»), Joau Felish («Atletiko»), Gonsalu Gedesh («Valensiya»).
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Andre Silva («Ayntraxt»).
Eslatib o`tamiz, Portugaliya turnirda Vengriya, Germaniya va Fransiya bilan bir guruhdan o`rin olgan.