AsosiySport

Para pauerlifting bo`yichaJahon kubogi bahslarida O`zbekistonlik sportchi g`olib bo`ldi

'Para pauerlifting bo`yichaJahon kubogi bahslarida O`zbekistonlik sportchi g`olib bo`ldi'ning rasmi

Shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo`yicha navbatdagi Jahon kubogi bahslari bo`lib o`tmoqda.

Bugun ayollar o`rtasida -61 kg vazn toifasida bahslar o`tkazildi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Ro`za Qo`zieva terma jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni yozdirib qo`ydi. Mahoratli sportchimiz o`z vazn toifasida qozog`istonlik Valeriya Smirnova hamda turkiyalik Baydar Yaseminga qarshi kurash olib bordi va 110 kg toshni bo`ysundirgan holda 1-o`rinni egalladi.

Eslatib o`tamiz, 23 mayga qadar davom etadigan Jahon kubogi bellashuvlarida erkaklar o`rtasida -88 kg vazn toifasida Farhod Umrzoqov hamda -107 kg vazn toifasida Nuriddin Davlatovlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Turizm va sport vazirligi jamoasi barcha sport ishqibozlari nomidan Ro`za Qo`zievani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi.

    Boshqa yangiliklar