Xorijiy tillarda 24 soat davomida efirga uzatiladigan tele va radiokanallar ishga tushiriladi. Har kuni kamida 3 soatlik dastur xorijiy tillarni onlayn o`rgatishga ajratiladi. Bu to`g`risida hukumat qarori imzolandi.
Hukumat qaroriga ko`ra, Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi huzurida tashkil etiladigan mobil guruhlar olis hududlarda joylashgan yoki xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha ko`rsatkichi past bo`lgan ta`lim tashkilotlari o`qituvchilarining malakasini oshirishga jalb etiladi.
Har bir tuman (shahar)da ochiq tanlov o`tkazilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida 2 nafar ingliz tili o`qituvchisi va bir nafar boshqa xorijiy til o`qituvchisi xorijiy davlatlarga qisqa muddatli malaka oshirishga yuboriladi.






