AsosiySiyosat

Koreya prokuraturasi bilan amaliy hamkorlik mustahkamlanadi

'Koreya prokuraturasi bilan amaliy hamkorlik mustahkamlanadi'ning rasmi

Bugun, 23 may kuni mamlakatimizning Seuldagi elchixonasida Koreya Respublikasi Oliy prokuraturasi xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig`i Gu Sing Mo bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining o`rinbosari Doniyor Qodirovning Janubiy Koreya Bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Che Nam Gvan bilan 19 may kuni bo`lib o`tgan uchrashuvi yakunlari sarhisob qilinib, ikki mamlakat Bosh prokuraturalari o`rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga oid keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Janubiy Koreya vakillari O`zbekiston Bosh prokuraturasi bilan keng ko`lamli sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. 2021 yilda Koreya Respublikasi hududida O`zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlari uchun seminarlar tashkil etish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo`yicha tajriba almashish uchun mamlakatimiz hududida «davra suhbati» o`tkazish rejalashtirilgan.

Tomonlar o`rtasidagi idoralararo hamkorlikning sezilarli darajada o`sishini inobatga olgan holda, yaqin kelajakda ikki mamlakat Bosh prokuraturalarining xalqaro bo`limlari xodimlari o`rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv o`tkazish bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar