1

Debyutant rejissyorlarning filmlari suratga olinadi

Madaniyat 25.05.2021, 15:34
Teglar: Debyutant rejissyorlar
Debyutant rejissyorlarning filmlari suratga olinadi

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan bu yili ikkinchi marotaba o`tkazilayotgan “Debyut start-2021” qisqa metrajli filmlar festivalida yosh rejissyorlarning filmlari grant asosida suratga olinadi. Bu haqda  

Mazkur festivalning asosiy sharti postanovkachi rejissyor debyutant bo`lib, “Yangi O`zbekiston” g`oyasi asosida film suratga oladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Unda 100 ga yaqin topshirilgan ssenariylardan 40 tasi saralab olingan va qayta ishlashga topshirilgan edi. Mazkur ssenariylarning oxirgi variantlari qabul qilinib, 15 ta eng sara g`oliblarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

Ular “Hali urush tugamadi” (D.Qosimova), “Soddadil” (A.Nurmatov), “Devor” (S.Mahmudov), “Pari” (T.Murodov), “Jur`at” (M.Turdiev), “Ertaga maktab” (A.Haydarov), “Hamroh” (M.Nurmuhammedova), “Sharpa” (A.Jo`raev), “Yordam” (S.Jumaev), “So`nggi dars” (J.Karimov), “Qovoq mening jonu dilim” (A.Nazarov), “Palto” (Sh.Tuyunova), “Montaj” (D.Usmonov), “San`at” (F.Tursunxo`jaeva), “Skripka” (A.Hamroqulov).

Ayni kunlarda “Sharpa”, “Hamroh” loyihalarining suratga olish ishlari uchun tayyorgarlik ishlari boshlandi. Asosan yosh kinoijodkorlardan tarkib topgan guruhlar “Yoshlik” kinostudiyasi laboratoriyasida muhokama jarayonlari bo`lib o`tmoqda.

Mazkur kinoalmanaxga o`n oltinchi bo`lib “Olimpiada” (U.Ro`zimov) ko-produksiya loyihasi ham qo`shilgan.

Yosh kinoijodkorlarning barcha loyihalariga mahoratli va tajribali kinoijodkorlar birlashtirilib, ijodiy jamoa bilan birga ishlashadi va davlat granti asosida qisqa metrajli filmlar suratga olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1