Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarga sharoit yaratib berish masalasini gapirib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.
– Tataristonga borganimda bir narsaga guvoh bo`ldimki, u erlarda katta-katta muzeylarda istirohat bog`larida rahbarlar yosh-yosh kadrlar ekan. U erda ishga, tajribaga qarab lavozimni taqsimlab berishmaskan. Tanlovlar o`tkazib kadrlar saralab olinarkan. Bu model menga juda ma`qul bo`ldi.
Bugun hokimlikda o`tkazilgan yig`ilishda shahrimizdagi teatr, maydon, bog`larni, muzeylarni, madaniyat saroylarini qayta rekonstruksiya qilish, ularni jozibador qilish, yoshlarga sharoit yaratish, IT-mutaxassisi bo`lgan yoshlar uchun ijaraga emas, bepul joylar ajratish, kovorking markazlarini yaratish masalasini ko`rib chiqdik.
Yaqinda bir model o`ylab chiqdik. Unga ko`ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o`tirishi noto`g`ri deb hisoblaymiz. To`g`risini aytsam, o`zim ham katta bir angarni ichida o`tirishni xohlayapman. U yoshlar, umuman hammaning kirib chiqishi oson bo`lgan joy bo`lishi kerak, – dedi Ortiqxo`jaev.