Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020ga yo`l olishi mumkin bo`lgan 33 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e`lon qildi.
Darvozabonlar: Din Henderson («Manchester Yunayted»), Sem Jonston («Vest Bromvich»), Jordan Pikford («Everton»), Aaron Remsdeyl («Sheffild Yunayted»).
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Ben Chiluell, Ris Jeyms (ikkisi ham – «Chelsi»), Konor Koudi («Vulverhempton»), Ben Godfri («Everton»), Harri Maguayr, Lyuk Shou (ikkisi ham – «Manchester Yunayted»), Tayron Mings («Aston Villa»), Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkisi ham – «Manchester Siti»), Kiran Tripper («Atletiko», Ispaniya), Ben Uayt («Brayton»).
Yarimhimoyachilar: Jud Bellingem, Jeydon Sancho (ikkisi ham – «Borussiya» Dortmund), Fil Foden («Manchester Siti»), Jek Grilish («Aston Villa»), Jordan Henderson («Liverpul»), Jessi Lingard («Manchester Yunayted»), Meyson Maunt («Chelsi»), Kelvin Fillips («Lids»), Deklan Rays («Vest Hem»), Bukayo Saka («Arsenal»), Jeyms Uord-Prouz («Sauthempton»).
Hujumchilar: Dominik Kelvert-Lyuin («Everton»), Meyson Grinvud, Markus Reshford (ikkisi ham – «Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem»), Rahim Sterling («Manchester Siti»), Olli Uotkins («Aston Villa»).
Ma`lumot uchun, Evropa chempionatiga yo`l oladigan yakuniy ro`yxat 26 nafar futbolchidan iborat bo`ladi. O`yinlar 11 iyun kunidan start oladi. Angliya «D» guruhida Xorvatiya, Chexiya va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.






