Bugun, 26 may kuni Ashxobod shahrida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining tashrifi doirasida qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi:
– O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o`rtasida suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`zbek-turkman hukumatlararo Qo`shma komissiyasi to`g`risida Bitim;
– O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o`rtasida Erdan haq to`lash evaziga foydalanish to`g`risidagi Bitimga Qo`shimcha bitim.
O`zbekiston tomonidan hujjatlarni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston tomonidan esa Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov imzoladilar.
Qayd etilganidek, mazkur hujjatlarning imzolanishi transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va adolatli asosda, do`stlik ruhida va yaxshi qo`shnichilik ruhida birgalikda foydalanish masalalarida o`sishga xizmat qiladi.






