Microsoft «oxirgi o`n yillikdagi eng muhim Windows yangilanishlaridan biri»ni namoyish etadi

Hi-tech 26.05.2021, 23:10
Microsoft «oxirgi o`n yillikdagi eng muhim Windows yangilanishlaridan biri»ni namoyish etadi

Build 2021 konferensiyasi doirasida Microsoft korporasiyasi etakchisi Satya Nadella tez orada «Windows’ning yangi avlodi» chiqishini e`lon qildi.

Kompaniya top-menejerining so`zlariga ko`ra, Microsoft yaqin oylar ichida «oxirgi o`n yillikdagi eng muhim Windows yangilanishlaridan biri»ni namoyish etadi. Nadella keyingi paytlarda shaxsan o`zi shu tizimdan foydalanayotganini, uning zo`rligidan hayratga tushayotganini aytgan.

Qanday nomlanishidan qat`i nazar, yangilangan talqindagi Windows operasion tizimi kuchli o`zgargan dizaynga ega bo`ladi. Shu bilan birga, uning o`zida dasturchilarga mazkur tizim uchun ilovalar yaratish imkonni beruvchi yangi jihozlar taqdim etiladi.

Aksariyat jurnalistlar Satya Nadellaning «Windows’ning yangi avlodi» degan gapiga urg`u berib, bu baribir Windows 11 tizimi bo`lishini aytishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1