«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatining may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Sloveniyalik posbon ushbu oyda 5ta o`yinda 18 bor seyv qildi, ikki bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Oblak ovozlar soni bo`yicha «Betis» hujumchisi Borxa Iglesias, «Valensiya» xavbeki Karles Soler, «Real» yarimhimoyachisi Kazemiro, «Vilyarreal» forvardi Jerar Moreno, «Alaves» hujumchisi Xoselu va «Selta» forvardi Santi Minani ortda qoldirdi.






