AsosiySport

O`zbekistonlik yana bir sportchi Tokio-2020 yo`llanmasini qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik yana bir sportchi Tokio-2020 yo`llanmasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Italiyaning Pezaro shahrida badiiy gimnastika bo`yicha Tokio-2020 Olimpiya o`yinlariga lisenziyalar taqdim etuvchi yilning so`nggi musobaqasi – Jahon kubogi bosqichi o`tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sabina Toshkenboeva uzoq davom etgan Olimpiya o`yinlariga saralash siklini muvaffaqiyatli yakunladi va Tokio-2020 yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi. 

Pezaroda Tokio-2020 olimpiadasining shaxsiy birinchiligida ishtirok etadigan uch nafar sportchi saralab olindi. G`oliblar Jahon kubogining to`rtta bosqichi, ya`ni Sofiya (Bolgariya), Toshkent (O`zbekiston), Boku (Ozarbayjon) hamda Pezaro (Italiya) shaharlarida o`tkazilgan musobaqalarda qayd etilgan umumiy natijalarga ko`ra aniqlandi.

Sabina Toshkenboeva yakunda 130 ochko to`pladi va bu natija unga XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida qatnashish huquqini taqdim etdi.

Boshqa yangiliklar