Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov:
- Emlash tadbirlarini amalga oshirish paytida ushbu vaksinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi. OIV infeksiyasiga yoki autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan, anamnezda og`ir allergik reaksiyalari mavjud bo`lgan shaxslarni, homiladorlarni, emizikli ayollarni va 18 yoshgacha bo`lgan aholi qatlamini emlash tavsiya etilmaydi.
Har qanday holatda ham emlash to`g`risidagi qaror tibbiy ko`rik natijasida qabul qilinadi.
Mabodo emlashga monelik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy ko`rik o`tkazayotgan shifokor, albatta, unga e`tibor qaratadi.