AsosiySport

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi og`ir atletika bo`yicha Jahon chempioni bo`ldi

'Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi og`ir atletika bo`yicha Jahon chempioni bo`ldi'ning rasmi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi og`ir atletika bo`yicha Jahon chempioni bo`ldi. Bu haqda Edu.uz ma`lum qildi.

Joriy yilning 23 - 31 may kunlari Toshkent shahrida og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida Jahon chempionati bahslari o`tkazildi.

Unda,  Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Kumushxon Fayzullaeva Vatanimiz sharafini himoya qilib, terma jamoa hisobiga  🥇ta oltin,🥈ta kumush medal qo`shib qo`ydi.

Dast ko`tarish mashqida talabamiz 103 kg toshni o`ziga bo`ysundirib, oltin medalni qo`lga kiritdi.

Shuningdek, siltab ko`tarishda 122 kg natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo`ldi.  

Ma`lumot uchun: K.Fayzullaeva 2018 yili og`ir atletika bo`yicha 20 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionati musobaqasida O`zbekiston tarixida Jahon chempioni bo`lgan ilk ayol sportchidir.

    Boshqa yangiliklar