AsosiyDunyo

Turkiya koronavirusga qarshi cheklovlarni yumshatmoqda

'Turkiya koronavirusga qarshi cheklovlarni yumshatmoqda'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an dushanba kuni COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi kurashish uchun o`rnatilgan ba`zi cheklovlar yumshatilishini e`lon qildi, deb xabar bermoqda Anadolu.

Komendantlik soati endi dushanbadan shanbagacha 22:00 dan 5:00 gacha amal qiladi. Yakshanba kunlari butun kun davomida to`liq blokirovka amalga oshiriladi.

Kafe va restoranlar tashrif buyuruvchilarni soat 7:00 dan 21:00 gacha qabul qilishi mumkin, etkazib berish soat 00:00 gacha ishlashi mumkin. Shuningdek, dushanbadan shanbagacha soat 7:00 dan 21:00 gacha sport zallari va ko`ngilochar bog`lar ishlaydi.

To`y marosimlari epidemiologik talablar bajarilishi sharti bilan ochiq havoda ham, uyda ham o`tkazilishi mumkin.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyada 5,24 milliondan ziyod koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 47,5 mingdan ortiq odam vafot etgan. Mamlakat bu bahorda COVID-19 bilan kasallanishning katta o`sishini ko`rdi. Aprel oyining eng yuqori cho`qqisida kuniga 60 mingdan ortiq koronavirus kasalligi aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar