AsosiySport

O`zbekistonlik futbol hakamlari JCh-2022 saralash bosqichida ishtirok etadi

'O`zbekistonlik futbol hakamlari JCh-2022 saralash bosqichida ishtirok etadi'ning rasmi

3 iyun kuni qit`amizning bir qator mamlakatlarida JCh-2022 saralash o`yinlarining ikkinchi bosqich bahslari start oladi.

Mazkur saralash bosqichining muhim uchrashuvlarini boshqarish yurtimiz hakamlari va nazoratchilari zimmasiga ham yuklanmoqda – OFK bir qator tajribali hakam va nazoratchilarimizni mazkur nufuzli musobaqalarga taklif etgan.

Jumladan, FIFA hakami Ilgiz Tantashev Bahraynda bo`lib o`tadigan «S» guruhi uchrashuvlarida faoliyat olib boradi, unga yon qanotda Andrey Sapenko yordam beradi. «S» guruhida maydon egalaridan tashqari Eron, Gonkong va Kambodja davlatlari terma jamoalari o`zaro bahs yuritishadi.

Yana bir FIFA yordamchi hakamimiz Ruslan Serazitdinov Qatarda o`tadigan «E» guruhi o`yinlarida faoliyat olib boradi. Bu guruhda mezbonlardan tashqari Bangladesh, Afg`oniston va Hindiston termalari jam bo`lishadi.

Shuningdek, FIFA nazoratchisi Vladislav Seytlin BAAga safar etadi. Bu erda «G» guruhidagi Tailand, Indoneziya, Malayziya va mezbon BAA termalari kurash olib borishadi.

Manba: UzA

    Boshqa yangiliklar