AsosiyDunyo

Tokio olimpiadasi ishtirokchilarining vaksinasiya tadbirlari boshlandi

'Tokio olimpiadasi ishtirokchilarining vaksinasiya tadbirlari boshlandi'ning rasmi

Yaponiyada Tokio olimpiadasi ishtirokchilarining vaksinasiya tadbirlari amaliyotiga kirishildi.

INTERFAX.RU”ning “Associated Press” ma`lumoti bilan asoslagan xabarida shunday deyilgan.  

Unga ko`ra, mamlakat milliy olimpiya qo`mitasi kecha, ya`ni birinchi kunda 200 nafar atlet emlanganini ma`lum qilgan.  

“Yaponiya aholisining 2-3 foizi ikki martadan emlangan bir vaqtda sportchilarni emlash boshlandi”, deyiladi xabarda.  

Avvalroq Xalqaro olimpiya qo`mitasi rahbari Tomas Bax musobaqalar boshlangunicha, Olimpiya qishlog`ida yashovchi sportchilarning 75 foizga yaqini emlanishini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar