AsosiySport

O`zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Osiyo chempionatida 18 ta medalni qo`lga kiritgan bokschilar Toshkentga qaytib keldi.

31 may kuni BAAning Dubay shahrida boks bo`yicha Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Bugun, 2 iyun kuni bokschilarimiz Dubay - Toshkent reysi bilan yurtimizga qaytib kelishdi.  

Osiyo chempionatida jami 18ta medalni qo`lga kiritgan sportchilarimiz Xalqaro aeroportda munosib kutib olindi. Umumiy hisobda erkaklar 6ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza, ayollar 1ta oltin, 5ta kumush va 2ta bronza medallari qo`lga kiritishdi.

Tantanali kutib olish jarayonida Milliy Olimpia Qo`mitasi, Turizm va sport vazirligi, O`zbekiston boks federasiyasi, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati, bokschilarning yaqinlari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

    Boshqa yangiliklar