AsosiySport

Qashqadaryolik bokschi qizlar Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo`ldi

'Qashqadaryolik bokschi qizlar Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 21-31 may kunlari BAAning Dubay shahrida kattalar o`rtasida boks bo`yicha har ikki yilda bir marta o`tkaziladigan Osiyo chempionati yakunlandi.

Bir hafta davom etgan chempionat yakuniga ko`ra, ayollar o`rtasidagi final bellashuvida o`zbekistonlik bokschi qizlar jami 8 ta medalni qo`lga kiritishdi. Ta`kidlash joiz, O`zbekiston boksi tarixida qizlarimiz ilk marotaba mana shunday yuksak natija qayd etishdi. Quvonarli jihati, sovrindorlar safidan Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Sitora Shogdarova -54 kg, Mavluda Mavlonova -75 kg vazn toifalarida chempionatning kumush medaliga sazovor bo`ldilar.

Eslatib o`tamiz, Osiyo chempionati—2021 musobaqasida O`zbekiston ayollar terma jamoasi 8 ta (1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza) medalga sazovor bo`lgan bo`lsa, erkaklar jamoasining barcha 10 nafar a`zosi sovrindorlar qatoridan joy oldi (6 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza).

O`zbekiston delegasiyasi 7 ta oltin (6 ta kumush, 5 ta bronza) bilan musobaqaning umumiy reytingida 2-o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar