AsosiyDunyo

Eron BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum etildi

'Eron BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum etildi'ning rasmi

Eron va Markaziy Afrika Respublikasi BMT tashkiloti oldidagi qarzini to`lamagani uchun Bosh Assambfleyada ovoz berish huquqidan mahrum etildi, deyiladi BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning Bosh Assambleya raisiga yo`llagan maktubida.

"Ayni paytda BMTga a`zo  beshta mamlakatga  BMT Nizomining 19 bandiga binoan qarzdorlik hisoblanadi", — deyiladi maktubda.

19 bandga binoan, Birlashgan millatlar tashkilotiga a`zo mamlakat badal to`lamay tashkilot oldida qarzdor bo`lib qolsa, ya`ni uning qarzdorligi ikki yillik badal summasiga tenglashsa yoki undan oshib ketsa  bu mamlakat Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etiladi. Shuningdek, qarzdorligini yopgan davlat yana  ovoz berish huquqiga ega bo`ladi.  

Maktubda qarzdor davlatlar beshligidan Markaziy Afrika respublikasi, Eron, San-Tome va Prinsipi, Komor orollari hamda Somali joy olgan.  

    Boshqa yangiliklar