AsosiySport

Dubay shahrida o`tkazilgan boks ringlariga ko`tarilgan 20 nafar o`zbek bokschidan 18 tasi vatanga medal bilan qaytdi

'Dubay shahrida o`tkazilgan boks ringlariga ko`tarilgan 20 nafar o`zbek bokschidan 18 tasi vatanga medal bilan qaytdi'ning rasmi

BAAning Dubay shahrida o`tkazilgan boks bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasidagi Osiyo chempionatida o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari misli ko`rilmagan yutuqlarga erishishdi. Dubay ringlariga ko`tarilgan 20 nafar bokschimizdan naqd 18 tasi vatanga medal bilan qaytdi.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan marosimda  Aziz Abduhakimov O`zbekiston Prezidentining bokschilarga yo`llagan tabrigini o`qib eshittirdi. Tabrikning asl nusxasi O`zbekiston boks federasiyasiga tantanali ravishda topshirildi.

Osiyo chempionati g`olibi Bahodir Jalolovning onasi Sabohat Jalolova ham barchani g`alaba bilan tabrikladi.

“Ushbu g`alabalar barchaga muborak bo`lsin. Biz - ota-onalar farzandlarimizning yutuqlaridan juda ham xursand bo`ldik. Yangi O`zbekistonga mana shunday yorqin g`alabalar yarashadi. Umid qilamanki, o`g`il-qizlarimiz Tokio olimpiadasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga oltin medallar bilan qaytishadi. Hurmatli Prezidentimiz boksga juda katta e`tibor qaratmoqdalar. Viloyatlarda ham boks maktablarini ochish to`g`risidagi qarordan juda ham mamnun bo`ldik. Yoshlarimizga yaratib berilayotgan mana shunday sharoitlardan keyin farzandlarimiz ortidan yana ko`plab Osiyo va jahon chempionlari etishib chiqadi, degan umiddaman. Shunday farzandlarimiz borligidan faxrlanamiz!”, - dedi u.

 

“Ushbu qit`a chempionati yigitlarimiz uchun joriy yil iyul oyida boshlanadigan yozgi Olimpiya o`yinlari oldidan muhim tayyorgarlik bosqichini o`tadi. Nufuzli musobaqada munosib ishtirok etganligimiz yigitlarga, umuman jamoamizga katta ruhiy quvvat bo`ldi. Yana bir jihatni aytishim kerak, O`zbekiston terma jamoasi hali hech bir rasmiy Osiyo chempionatida 18ta medalga sazovor bo`lmagan edi. Ushbu muvaffaqiyatlarimiz zamirida avvalo muhtaram Prezidentimizning sport sohasiga berayotgan ulkan e`tibori, qolaversa pandemiya sharoiti bo`lishiga qaramasdan Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo`mitasi hamda O`zbekiston boks federasiyasi bizni har tomonlama qo`llab-quvvatlaganligi yotibdi. Maqsadimiz, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlarida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish”, - dedi erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov.

    Boshqa yangiliklar