“Barselona” klubi hujumchisi Neymar singlisi Rafaella Bekranning tug`ilgan kunida ishtirok etish uchun atayin Braziliyaga etib kelgan. Bu haqda isport.ua internet nashri xabar bermoqda.
Neymar Braziliyaga kelish uchun “Barselona” ustozi Luis Enrike va kataloniyaliklar ning direktorlar kengashi to`rt nafar a`zosidan rasmiy ruxsat olgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Rafaellaning tug`ilgan kun bazmi San-Paulu shahrida bo`lib o`tgan. Neymarning singlisi 20 yoshini nishonladi.

Avvalroq, Neymar Ispaniya chempionati doirasida yig`ilib qolgan sariq kartochkalari tufayli bir o`yinga diskvalifikasiya qilingani va bundan unumli foydalanish maqsadida singlisining tug`ilgan kunini nishonlash uchun Braziliyaga yo`l olishi haqida xabar bergandik.






