1

“Ilhaq” badiiy filmi Tojikiston telekanallarida namoyish etiladi

Madaniyat 05.06.2021, 12:05
“Ilhaq” badiiy filmi Tojikiston telekanallarida namoyish etiladi

O`zbekiston kinematografiya  agentligi buyurtmasiga asosan, “Ezgu fılm” studiyasida suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmi tez kunlarda Tojikiston telekanallari orqali namoyish etiladi.

Ikkinchi Jahon urushi yillarida o`zbekistonliklarning matonati va jasorati haqida “Ilhaq” badiiy filmi 2020 yilda rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan va G`alabaning 75 yilligi munosabati bilan milliy telekanallarimiz orqali namoyish qilingan edi.

Film g`oyasi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tegishli bo`lib, davlatimiz rahbari 2019 yilda toshkentlik Zulfiya aya Zokirova, uning o`g`illari va kelinlari  hayoti haqida hikoya qiluvchi badiiy film suratga olishni o`zbek kinoijodkorlari oldiga vazifa qilib qo`ygan edi. Ijodiy guruh bir yil davomida muttasil ish olib bordi. Keyinchalik Agentlik rahbariyati tavsiyayasigaa binoan Belarus Respublikasida qo`shimcha  jang sahnalari ham suratga olindi.

Film o`zbek tomoshabinlari tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olindi. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan film ijodkorlarining biri guruhi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumlaadan bosh rol ijrochisi Dilorom Karimova “O`zbekiston Xalq artisti”, rejissyor Jahongir Ahmedov “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvonlariga munosib ko`rildi.

2021 yilning 19-21 may kunlari Tojikistonda o`tkazilgan O`zbekiston kinosi kunlari doirasida “Ilhaq” badiiy filmi Dushanbe va Hisor shaharlarida katta ekranlarda namoyish qilindi. Tomoshabinlar film tomoshasi paytida ko`z-yoshlarini tiyib tura olmadilar. Film namoyishidan so`ng, tomoshabinlarning olqishi bir necha daqiqa davom etdi.

Ayni paytda “Ilhaq” badiiy filmini tojik tilida ovozlashtirish ishlari davom etmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga safari kunlari mazkur film tojik telekanallari orqali namoyish qilinishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1