AsosiyMadaniyat

Bahodir Yalangto`sh haqidagi filmning tayyorgarlik ishlari boshlandi

'Bahodir Yalangto`sh haqidagi filmning tayyorgarlik ishlari boshlandi'ning rasmi

Yaqinda O`zbekiston Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi o`rtasida Bahodir Yalangto`shning hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan tarixiy janrdagi badiiy filmni suratga olish bo`yicha memorandum imzolangan edi.

Bugun film rejissyori Jahongir Ahmedov va  ssenariy muallifi Hasan Toshxo`jaevlar suratga olinishi kutilayotgan yangi film uchun manbalar yig`ish, Bahodir Yalangto`sh hayoti haqida hikoya qiluvchi materiallar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahrida bo`lishdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Kinoijodkorlar ishni dastlab Bahodir Yalangto`sh va uning piri Mahdumi A`zamning qabrini ziyorat qilishdan boshladilar. So`ngra  Samarqand davlat universitetida viloyat tarixchi olimlari, san`at va madaniyat namoyandalari, yozuvchilar, jurnalistlar ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar