“Barselona” klub etakchisi Lionel Messi “Xetafe”ga qarshi (6:0) Ispaniya chempionati 29-tur uchrashuvining 11-daqiqasida penaltini amalga oshira olmadi.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi “Barselona” safida Ispaniya chempionatida 8 ta penaltini amalga oshira olmagan va o`ziga hos antirekordni qayd etgan.
Avvalgi antirekord kamerunlik futbolchi Samuel Eto’oga tegishli edi. Uning hisobida 7 ta amalga oshirilmagan penalti mavjud bo`lgan.





