Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha vise-prezidenti Anna Berde O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi ma`lum qildi.
Anna Berde o`z maktubida mamlakatimizga tashrifi davomida ko`rsatilgan samimiy va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirgan.
“COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan qiyinchiliklarga qaramay, mening tashrifim O`zbekistonning transformasiya jarayonlarini davom ettirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi qat`iyati har doimgidek yuqori darajada ekanini yaqqol ko`rsatdi.
Sizni va mamlakatingiz hukumatini ishontirib aytamanki, biz O`zbekiston xalqi farovonligi yo`lida qudratli, keng qamrovli va barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning yangi bosqichini qo`llab-quvvatlashda davom etamiz”, - deyiladi, jumladan, maktubda.






