AsosiySport

“Paxtakor” “Qo`qon – 1912” ustidan yirik hisobda g`alaba qozondi

Futbol bo`yicha O`zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga bahslarining ikkinchi tur uchrashuvlari doirasida amaldagi chempion – “Paxtakor” jamoasi o`z maydonida “Qo`qon – 1912” jamoasi ustidan 4:0 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvda Igor Sergeev ikkita, Sherzod Karimov va Suhrob Berdiev bittadan to`p kiritib, jamoasining muvaffaqiyatini ta`minladi. Ikkita g`alabaga erishgan “Paxtakor” 6 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi o`rinda bormoqda.

“Lokomotiv” klubi mehmonda “Andijon” jamoasini 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. “Nasaf” safarda “Olmaliq”ni, “Metallurg” esa “Mash`al”ni xuddi shu hisobda engdi.

“Bunyodkor” safarda “So`g`diyona” jamoasini, “Qizilqum” “Sho`rtan”ni, “Neftchi” esa o`z maydonida “Navbahor”ni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

“Obod” (Toshkent) va “Buxoro” jamoalari o`rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

    Boshqa yangiliklar