Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida O`zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.
Rasmiy uchrashuvdan so`ng, Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Davlat rahbarlari O`zbekiston va Tojikiston strategik sherikligi va ko`p qirrali hamkorligining barcha jihatlarini ko`rib chiqdilar.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperasiyasini tashkil etish bo`yicha aniq takliflar ilgari surildi.






