Qoraqalpog`istonning Nukus shahrida 10 iyun kuni o`tkazilgan festivaldan so`ng ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hozirda shahar Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Surishtiruv jarayonida mushtlashuvda qatnashgan har bir ishtirokchining kim ekani aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi», deyiladi xabarda.