AsosiySport

Messi ketidan Ronaldu ham antirekord sohibi bo`ldi

“Real Madrid” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 29-turida “Las-Palmas”ga qarshi (2:1) kechgan o`yinda 28 marotaba to`pga teginib, o`z shaxsiy antirekordini yangiladi. 

Portugaliyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida o`zining eng salbiy natijasini ko`rsatdi. Uning avvalgi antirekordi 38 teginishni tashkil etgandi. 

Ronaldu mamlakat terma jamoasi o`yinlarida bundanda yomon natija ko`rsatgan, lekin o`sha o`yinlarda u 45 daqiqa maydonda yoki undanda kamroq harakat qilgan. 

Avvalroq, Lionel Messi “Barselona” safida penaltilarni noaniq amalga oshirish bo`yicha antirekord o`rnatgandi.

 

    Boshqa yangiliklar