Parlamentlararo ittifoqning 2021 yilgi “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida O`zbekiston 45-o`rinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva yozmokda.
Reyting ayollarning turli mamlakatlar parlamenti va hukumatidagi vakilligi haqidagi ma`lumotlar asosida tuzilgan.
130 dan ortiq davlatlar ishtirok etgan reytingda O`zbekiston Germaniya, Avstraliya, Kanada, AQSh kabi davlatlar, shuningdek Markaziy Osiyoning barcha davlatlarini ortda qoldirgan.
Bundan tashqari, O`zbekiston ayollar parlamentni boshqaradigan va hukumat tarkibiga kiradigan mamlakatlar ro`yxatiga kiritilgan.






