AsosiySiyosat

Tarmoqlar bilan ishlamaydigan kafedralar yopiladi

'Tarmoqlar bilan ishlamaydigan kafedralar yopiladi'ning rasmi

Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan bugungi videoselektor yig`ilishida oliy o`quv yurtlaridagi 1,5 mingta kafedraning tarmoq korxonalari bilan samarali hamkorligini yo`lga qo`yish zarurligi ta`kidlandi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Bunda, hamkorlikning shakllari, kafedra va korxonaning o`zaro majburiyatlari, ya`ni amaliyotdagi qanday muammolar ilm orqali hal qilinishi aniq belgilanadi.

Prezidentimiz viloyat hokimlari tarmoq rahbarlari bilan birga, kafedra o`qituvchilarining korxonalarda amaliy tadqiqotlar o`tkazishiga sharoit yaratib berishi kerakligini qayd etdi.

Yig`ilishda tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yaxshi yo`lga qo`ygan kafedralar haqida ham aytildi.

 Misol uchun, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Silikat materiallar, nodir metallar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi «Foton» korxonasi bilan, Toshkent farmasevtika institutining Farmasevtik kimyo kafedrasi «Temur med farm» korxonasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan.

    Boshqa yangiliklar