AFP agentligining xabar qilishicha, “Real Madrid” jamoasi va shaxsan Krishtianu Ronaldu etim qolgan 5 yoshli falastinlik Ahmad Davabsha bilan uchrashadi.
Ahmad Davabshaning ota-onasi va akasi isroillik ekstrimistlar tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida vafot etgan. 5 yoshli bolakay esa omon qolgan. Ahmad Davabsha dahshatli voqeadan so`ng 10 marotaba jarroh stoliga yotishga majbur bo`ldi. Portlash oqibatida uning tanasidagi aksariyat qismi kuyib ketgan.
Falastin futbol federasiyasi rahbari Jibril Rajub Madrid klubining ushbu sohovatli ishga qo`l urgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Ma`lumotlarga ko`ra, “Real Madrid” futbolchilari va 5 yoshli Ahmad Davabsha bilan uchrashuv 17 mart kuni bo`lib o`tadi.





