AsosiySport

FIFA referisi Ravshan Ermatovga o`zining haykali topshirildi

2016 yil, 15 mart kuni Toshkent moliya institutida «Futbol – millionlar o`yini» mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Tadbirga FIFA referisi, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Ermatov va taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To`xtamirzaev tashrif buyurdi. Tadbirda Ravshan Ermatov FIFA referisi bo`lguniga qadar bosib o`tgan mashaqqatli yo`li, futbol bo`yicha Jahon chempionatlarida hakamlardagi ruhiy holat va bosim hamda hayoti davomida bo`lib o`tgan qiziqarli voqealar haqida talabalarga gapirib berdi. Taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To`xtamirzaev ham futbol va sharhlovchilik haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

Tadbir so`ngida Toshkent moliya institutidan Ravshan Ermatovga esdalik sovg`asi sifatida o`zining haykali topshirildi. Ravshan Ermatov haykalni qo`liga olib: “Endi biror bir davlatga ketsam, ushbu haykal ayolimga meni eslatib turadi”, – deya o`z xursandchiligini bayon etdi.

    Boshqa yangiliklar