AsosiyJamiyat

BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining yillik hisobotida O`zbekiston alohida e`tirof etildi

'BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining yillik hisobotida O`zbekiston alohida e`tirof etildi'ning rasmi

BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining 2020 yildagi faoliyati hisoboti e`lon qilindi. Hisobotda O`zbekiston bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlik munosabatlari ijobiy baholangan. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar bermoqda.

Mamlakatimiz demokratlashtirish, BMTning ustav va shartnomaviy organlari doirasida inson huquqlari sohasi bo`yicha zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek qonunchilik va huquqni qo`llash amaliyotini takomillashtirish sohalarida erishgan natijalari bilan xalqaro maydonda tez-tez e`tirof etilayotgan ilg`or davlatlar safidan joy olgani ta`kidlangan.

Hisobotda BMT tizimidagi inson huquqlari himoyasi bilan shug`ullanuvchi organlarning bir yillik faoliyati bilan bog`liq ma`lumotlar keltirilgan. Koronavirus inqirozi bu boradagi ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatgani qayd etilgan.

BMT Oliy komissari O`zbekistonda Ma`ruzalar tayyorlash va BMT tegishli institutlarining tavsiyalarini bajarish bo`yicha milliy mexanizm yaratilganini yuqori baholagan. O`zaro hamkorlikda va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati to`g`risidagi kodeks loyihasiga ham ijobiy baho berilgan.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) Inson huquqlarini himoya qilish milliy institutlari global alyansi huzurida akkreditasiyadan o`tgani muhim natijalardan biri sifatida qayd etilgan. Zero, bu qadam amaldagi xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanmish Parij prinsiplariga to`la mos keladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitiga qaramay, mamlakatimizda BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlikda 2020 yilda tegishli xizmatlar xodimlarining malaka va salohiyatini oshirish ishlari izchil davom ettirilgani alohida ta`kidlangan. Xususan:

200 ta milliy sub`ekt – karantin choralari amal qilgan sharoitda odil sudlov imkoniyatlaridan foydalanish;

25 nafar huquqshunos – erkinlik huquqi, odil sudlov, qiynoqlardan xoli bo`lish, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlaridan foydalanish va milliy sudlarda inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro huquq normalarini qo`llash;

sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 400 nafar xodimi – BMT Inson huquqlari bo`yicha qo`mitasi xabarnomalari bilan ishlash tartib-taomillarini o`rganish;

44 nafar mutaxassis – inson huquqlari sohasi bilan shug`ullanadigan fuqarolik jamiyati tashkilotlarining faoliyati hisobdorligi va monitoringini amalga oshirish borasida tajriba oshirgan;

180 nafar kishi – Nogironlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiya v Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalda tatbiq etish doirasida o`tkazilgan seminarlarda ishtirok etgan.

O`zbekiston BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasi ko`magida BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashining Universal davriy hisoboti mexanizmi doirasida berilgan tavsiyalarning bajarilishi bo`yicha o`z oraliq ma`ruzasini tayyorlashga erishgan sanoqli davlatlardan biri ekani ham e`tirof etilgan.

Hisobotda ta`kidlanganidek, O`zbekistonda gender tenglik masalasiga ustuvor darajada e`tibor qaratilayotgani munosabati bilan Statistika bo`yicha davlat qo`mitasi tomonidan 2020 yilda ayollarga nisbatan kamsitishlarga doir muammo Ko`p indikatorli kompleks tadqiqotlar ro`yxatiga kiritilgani muhim ahamiyatga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar