AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Obama imzolagan qaror AQSh hududida KXDRga tegishli barcha mulklarni bloklashni va KXDRning istalgan sanoat sohalari bilan bog`liq aktivlarni muzlatishni ko`zda tutadi.
AQSh fuqarolariga Pxenyanning manfaati bo`lgan istalgan maxsulot va texnologiyalarni eksport qilish, Shimoliy Koreyaga investisiya kiritish, mamlakat hukumatiga metall, grafit, ko`mir va dasturiy ta`minot etkazib berish taqiqlandi.
Bundan tashqari, Vashingtonning fikricha inson huquqlarini buzayotgan va Pxenyan manfaati uchun kiber jinoyatga qo`l urayotgan fuqarolarga ham sanksiyalar joriy qilindi.
“AQSh va butun dunyo hamjamiyati Shimoliy Koreyaning noqonuniy yadro quroli ishlab chiqishini qabul qila olmaydi va ulargan qarshi sanksiya qo`llashda davom etadi”,—deb qo`shimcha qildi Oq uy vakili.





